Surxondaryoda “Ozarboyjon madaniyati kunlari”

Date:

– Tilimiz, dinimiz, ildizlarimiz, qonimiz bir, – deydi Ozarboyjon Milliy Majlisi Madaniyat qo’mitasi rahbari, Milliy Majlisdagi O’zbekiston–Ozarboyjon do’stlik jamiyati a’zosi Ganira Pashayeva. – Bu yurtning Imom Termiziy, Imom Buxoriy, Motrudiy, Ibn Sino, Beruniy kabi buyuk allomalari bizning ham bobomiz. Biz muborak Ramazon oyida benazir bobomiz Hakim Termiziy hazratlarini ziyorat aylaganimizdan faxrlanamiz. O’zbekiston va Ozarboyjon tarixi bu – bizning millatlarimiz tarixi. Uni ikki do’st millat vakillari yaxshi bilamiz. Lekin, yosh avlod ong-u shuuriga bu tarixni, mushtarak madaniyatni yanada chuqur singdirish ham bizning vazifamiz. Kelajakda yo’lga qo’yadigan o’zaro hamkorlik aloqalarimiz shu maqsadga erishishimizda o’z samarasini berishiga umid qilaman.

Albatta, O’zbekiston va Ozarboyjon, umuman qardosh xalqlarning tarixi bir ildizga borib taqaladi. Shundanmi, tilimiz, dinimiz, qarashlarimiz o’xshash. Ko’rishganda yuz-ko’zimiz issiq. “Ozarboyjon madaniyati kunlari” ikki davlatni uchrashtiradigan, ilmiy va amaliy, madaniy ko’prik qurishga tamal-toshi qo’yadigan sabab aslida. Shu munosabat ila yurtimizga tashrif buyurgan Ozarboyjon Respublikasi madaniyat, san’at, fan va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan iborat delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlar katta tantana bilan kutib olindi.

Ilk manzil Termiz davlat universiteti bo’ldi. Mehmonlar universitetda barpo etilgan Xurshidbonu Notavon nomidagi Ozarboyjon madaniyati va adabiyoti markazining ochilish marosimida ishtirok etdi. Qardosh mamlakat milliy madaniyati, nafis adabiyoti va boy tarixini o’zida aks ettirgan markazda ozar adabiyoti buyuk namayondalarining o’zbek tiliga o’girilgan nodir asarlari namunalari, milliy madaniyati ko’rgazmasi, turli eksponatlar o’rin olgan. Qolaversa, markazda ikki davlat professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlarining o’zaro videomuloqot qilishi uchun ham barcha zamonaviy sharoit yaratilgan.
Oliygohda tashkil etilgan uchrashuvda davlatlarimiz oliy ta’lim muassasalarining o’zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlarning ilmiy hamkorligini mustahkamlash, birgalikda ilmiy izlanishlar olib borib, tarixiy aloqalarni rivojlantirish, nafaqat boy tariximiz, madaniyatimiz hamda buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur tahlil qilish, balki turistik, madaniy va boshqa sohalarda ham o’zaro hamkorlikni yanada keng yo’lga qo’yish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Keying manzil esa universitetning Qatog’on qurbonlari muzeyi bo’ldi. Janubdagi vohaning mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning ozod va erkin turmushi, kelajak avlodlarning tinch, farovon turmushini ta’minlash orzusida mardona kurash olib borgan jasur, fidoyi insonlari faoliyati, hayoti va merosi aks etgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.
Universitetning faollar zalida O’zbekiston haqida Ozarboyjon tilida chop etilgan qator yangi kitoblar taqdimoti o’tkazildi. Qardosh mamlakat san’atkorlari ijrosidagi kontsert dasturi barchada ko’tarinki kayfiyat ulashdi. Ikki davlatning milliy san’atidan so’zlovchi sovg’alar ushbu kundan unutilmas esdalik bo’ldi deyish mumkin.
Delegatsiya a’zolarining Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida viloyat ahli bilan qiziqarli uchrashuviga ulanib ketdi va “Ozarboyjon madaniyati kunlari” katta kontsert dasturi bilan yakunlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun