Bolalikning “oltin dami” o‘tar bog‘chada

Date:

“Biz “Tarbiya go‘daklikdan boshlanadi”, degan hikmatli so‘zga amal qilib, taʼlim-tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni uning eng quyi bosqichi — maktabgacha taʼlim tizimidan boshladik” deya Yurtboshimiz yuqori minbardan turib, bot-bot takrorlashining o‘ziyoq, endigina o‘sib kelayotgan bolajonlarni har tomonlama bilimli, salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash va ularning ta’limi uchun har qachongidan ko‘proq ahamiyat qaratish zarurligini anglatadi.

Darhaqiqat, inson butun umri davomida egallashi mumkin bo‘lgan bilimlarning qariyb 70-80 foizini ayni bog‘cha yoshidan olishini fan ham isbotlagan. Bolaga ayni shu yoshda qancha ko‘p to‘g‘ri tarbiya berilsa, bilimga yo‘naltirilsa, ruhiy olami boyitilsa, kelajakda, albatta, bu o‘z samarasini beradi.

Shuning uchun ham viloyatimizdagi 3-7 yoshgacha bo‘lgan 244 134 nafar bolakayning har birini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish, ularning yoshlikdan bilim olib, zamonaviy shart-sharoitlarda ta’lim-tarbiyalanishiga erishish borasida qator ishlar amalga oshirilayapti.

Ayni paytda 141 900 nafar bolajon maktabgacha ta’limga qamrab olingan. Xoh davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga, xoh oilaviy, yoinki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormasin, bolajonlarning barchasiga bir xil ta’lim dasturi asosida bilim berilmoqda.

Vohamizda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ulardagi shart-sharoitlar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi press-tur Sariosiyo tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga uyushtirildi.

Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan press-turda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan vakillari ishtirok etdi. Ilk manzil tumandagi “Adiba-Sajida-Nozanin” davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. U yerda bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar Sharg‘un shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lishib, bolajonlar bilan dildan suhbat qurishdi. Ingliz tilida biyron so‘zlayotgan, she’r va qo‘shiqlarni maromida ijro etayotgan jajjilar hammaning e’tiborini tortdi.

Baxtli bolalikni boshdan kechirayotgan bolalargina o‘z tili tugul o‘zga tillarda ham burro-burro so‘zlaydi, erkin qo‘shiq aytib quvnaydi. Fan sirlarini o‘rganishga tirishadi. Bularning bari yosh avlodning ertasiga qo‘yilgan, kelajagiga yaratilgan ulkan zamindir aslida.

Press-tur davomida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Unda Prezidentimizning 2021-yil 10-iyundagi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda
2021-2022-yillar hududlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilgan qurilish va jihozlash ishlari to‘g‘risida viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Shohida Xolliyevaning axboroti tinglandi. Shuningdek, anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yakunida Sariosiyo tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri R.Qarayevaning 2021-2022-yillarda tuman maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.  

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun