Sovuqdan qo‘rqmang, aksincha, tayyor turing!

Date:

Iqlim o‘zgarishi, noqulay ob-havo sharoiti, bahorning qoq o‘rtasida harorat keskin pasayishi, bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ta’sir etishi, aksariyat hollarda nes-nobud qilishi mumkin. O‘tgan bahorda xuddi shunday holat bo‘lgani, qator o‘simliklar, dov-daraxtlar hosiliga jiddiy zarar yetkazgani barchamizga ma’lum. Ming afsuski, bu yil ham ob-havo kutilmaganda sovuy boshladi. Shuning uchun ham dehqon xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yer maydonida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sovuq urishidan saqlash maqsadida joylarda shtaplar tashkil etilib, shtaplar qoshida tezkor ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

—Agroklaster, fermer va dehqon xo‘jaliklariga sovuqdan betalafot chiqish choralari ko‘rish bo‘yicha amaliy yordam berish uchun hududlarga  olimlar va mutaxassislar biriktirildi, — deydi ishchi guruh rahbari, viloyat Agroxizmatlar markazi direktori Olim Alimardonov. — Ayni paytda joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari boshlab yuborilgan. Viloyatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilayotgan olimlar, professorlar bilan birgalikda respublika hududiga kirib kelgan sovuq ob-havo taʼsiridan joylardagi mevali bogʻ, uzumzorlar va “toʻqsonbosti” usulida hamda ertaki maydonlarga ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini asrash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, hududlarda joriy etilmoqda.

Xo‘sh, bunda dehqonlar, zaminga umid bog‘lab urug‘ qadagan, ko‘chat ekkan mehnatkashlar hosildorlikni asrash va ekin-tikinlarni sovuq urishining oldini olishda nimalarga amal qilishi kerak?

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti meva-sabzavotchilik va uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi kafedrasi mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Muzaffar Aramovning tavsiyasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida avvalo, sovuqdan himoyalanish, ekinlarning hosildorligini va rivojlanish holatining ortda qolishining oldini olishda qo‘l keladi. Buning uchun esa qator agrotexnologiyalarni qo‘llash mumkin:  imkoni bo‘lsa, birinchi navbatda, ekinlarni yengil sug‘orish, undan ham yaxshisi, sharbat usulida sug‘orish lozim bo‘ladi. Chunki, suv tuproq tarkibini normal holatga keltiradi va o‘simliklarning ildizini, issiq holatda ushlab turish imkoni yaratiladi. Shuningdek, meva-sabzavot, kartoshka, ko‘katlar agar ko‘karib chiqqan bo‘lsa, tezda ustini plyonka bilan yopish lozim bo‘ladi.  Qolaversa, mahalliy o‘g‘it bormi, somon yoki shunga o‘xshash mahsulotlarni yer maydonlarining har har joyiga uyib qo‘yib, tutatish choralarini ko‘rish kerak. Agar issiqxonalar ochib qo‘yilgan bo‘lsa, ularning ustini yopish, bir qavat yopilgan plyonka ichki tomonidan termos usulida tag‘in yana bir qavat plyonka yopish kerak. Gullagan yoki barg yozgan dov-daraxtlarni, bug‘doyzorlarni mineral o‘g‘itlar bilan suspenziya qilish ancha foyda beradi. Bir so‘z bilan aytganda, ma’lum bir muddatda o‘tib ketadigan sovuqdan himoyalanmasdan qo‘l qovushtirib o‘tirsak, ertangi rizqimiz, daromad manbayimizni boy beramiz.

Shtapda tegishli mutaxassislar tunu-kun navbatchilik rejimi joriy etilgan bo‘lib, istalgan vaqtda ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ichki turizm yarmarkasi” tashkil qilindi

Ichki turizmni rivojlantirish, mavjud turizm obyektlariga aholining e’tiborini jalb...

Hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Yurtimiz dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro savdo va iqtisodiy...

Urinish besamar ketmadi

Sportning turlari ko‘p. Har bir sport turi esa alohida...

TerDUda Navro‘z shukuhi

Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari qizg‘in tus olgan ayni kunlarda...
KunTun
KunTun