HOKIM XUSUSIY SEKTOR VAKILLARINI TINGLADI

Date:

      Viloyat hokimi To‘ra Bobolovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

    Surxondaryo viloyati hokimligida xususiy sektor vakillarini o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” o‘tkazildi.

     Qabulda viloyatimiz shahar va tumanlaridan 13 nafar tadbirkor o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha viloyat hokimiga murojaat qildi. Murojaatlarning asosiy qismi tijorat banklaridan kredit olish, qurilishga ruxsat berish va boshqa masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi.

     Qabul davomida tadbirkorlardan tushgan murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan 8 ta masalalar bo‘yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi. Barcha murojaatlarning ijrosi viloyat hokimi tomonidan nazoratga olindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun