Boysunda sement ishlab chiqariladi

Date:

Imorat solmoqchi bo‘lsak, qurilish mahsulotlarining sifatli va hamyonbopini olishga urinamiz. Ana shunday mahsulotarning o‘zimizda ishlab chiqarilishi esa narx-navoda anchayin yengillik tug‘diradi. Boysun tumani “Sayrob” mahallasi hududidagi 8,7 gektar maydonda ayni shu maqsadda “PRB Investment Co” MChJ tomonidan umumiy qiymati 10 million dollar bo‘lgan, to‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga sement ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilayotir.
Aytish kerakki, ushbu loyiha ishga tushirilgach, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 200 ming tonnani tashkil etadi va 50 ta ish o‘rni yaratiladi. Eksport hajmi 5,3 million dollarni tashkil etuvchi loyiha 2 bosqichda amalga oshirilmoqda.
Viloyat iqtisodiyotida muhim qadam bo‘lib xizmat qilguvchi ushbu loyiha bo‘yicha olib borilayotgan ishlar qanday kechayotganiga qiziqqan Surxondaryo viloyati rahbari olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shu bilan birga, mas’ullarning loyiha yuzasidan axborotlarini tingladi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, loyihani muddatida ishga tushirish topshrig‘ini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun