Agrotexnik tadbirlar nazorat qilindi

Date:

Paxta dalalaridagi birgina e’tiborsizlik, o‘z vaqtida qilinmagan qarov yil bo‘yi qilingan mehnatni yo‘qqa chiqarib, hosildan umidni uzishga sabab bo‘ladi. Bunda uzoqqa borishning hojati yo‘q, yon-atrofimizdagi holatlar misol bo‘la oladi. Ayni jihatlarni inobatga olgan Angor tumani hokimi Qosim Mardonov dalalarda bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qildi.
Bu borada mas’ullar bilan suhbatlashib, paxta ekilgan dalalarga e’tibor qaratish, agrotexnik parvarishni kuchaytirish, paxta hosildorligini oshirish, har qarich yerdan unumli foydalanish lozimligini ta’kidladi. Qolaversa, mahalliy o‘g‘it chiqarish masalalariga e’tibor qaratdi. Shuningdek, tumandagi qoloq deb hisoblangan fermer xo‘jaliklariga mahalliy o‘g‘it chiqarish va paxta parvarishini yaxshilashni ko‘rsatma berib, barchani birdamikka va xushyorlikka chorladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...
KunTun
KunTun