Kubok qora ariqliklarga tegdi

Date:

Futbol o‘yinlarini tomosha qilish qiziqarli jarayon. Ayniqsa, buni futbol muxlislari juda yaxshi bilishadi. Ikkita jamoaning bir-biriga qarshi to‘p surishi, raqibdan to‘pni olib qochib, sherigiga uzatish, darvoza yaqinigacha olib borib, to‘pni uloqtirish va gol… ha bu hayajonli daqiqalar bo‘lish bilan birga futbolchilarning mahoratlari talab etiladigan fursat.
Sho‘rchi tumanida ham futbol bo‘yicha davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasi ham ana shunday qizg‘in jarayonlarga boy bo‘ldi. Maydonga tushgan o‘yinchilar esa futbolchi qizlar edi. Qizlar ham aslo yigitlardan qolishmay to‘p surishlarini o‘yin davomida isbotlashdi va o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
Tomoshaga kelganlar esa har bir jamoani qo‘llab-quvvatlab turishdi. Natijada musobaqaning tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan “Qora ariq” mahallasining futbolchi qizlari viloyat bosqichida ishtirok etishadigan bo‘ldi. G‘olib va faol ishtirok etgan jamoalarga diplom, medal, estalik uchun telefon, televizor va g‘oliblik kubogi tantanali topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun