Hokim kombaynni boshqarib, g‘alla o‘rdi

Date:

Ayni g‘alla yig‘im-terim mavsumi jadal suratlarda ketayotgan bir paytda g‘allakorlarimizdan o‘z ishlariga shijoat va g‘ayrat bilan yondashishlari talab etiladi. Denov tumanidagi “Hazorbog‘ innovatsiya agro” fermer xo‘jaligining dalasida ham ayni jarayon qizg‘in tus olgan. Ushbu fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 30 gektar bo‘lib, shuning 15 gektarida g‘alla yetishtirilgan. Bu yil “Vexa” g‘alla navi keltirib ekilgan va ushbu nav mo‘l hosil bergan. Fermer xo‘jaligi rahbari esa niyatni katta olib, ushbu navning har gektaridan 71 sentnerdan hosil olishni reja qilayotir.
Tuman hokimi fermer xo‘jaligining dalasida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi. Hasharchilarga xormangga kelgan hokimning o‘zi ham yordamga kirishib ketdi. Kombaynni boshqarib, g‘allani o‘rishga kirishdi. Tuman rahbarining bu tashabbusi va xalq orasiga kirib borib, yordamga qo‘l cho‘zgani fermer va dehqonlarni quvontirdi, o‘z ishiga shijoat bilan yondashishlari uchun ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bilimi sinovdan oʻtmoqda

Termiz shahridagi 9-maktabda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng...

Tajriba almashishdi

Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va...

Boysun osmonida 35 xil rang

“Boysun bahori” turizm markazida xalqaro folklor festivali tadbirlari ko‘tarinki...

Qadriyatlar sadosi yangrar

Boysun tumanining "Bibishirin" mahallasida joylashgan “Boysun bahori” turizm majmuasida...
KunTun
KunTun