Kreditlar yillik 12 foizga tushiriladi

Date:

Kredit barcha muammoga yechim va g‘oyalarni ro‘yobga chiqaradigan kuchga ega. Bugun bankdan kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan, yangi ish boshlayotganlar, xullas nimaiki ehtiyoji bo‘lsa, qondiradigan zamon. Ba’zida kredit mablag‘ini qaytarishga cho‘chib, ish boshlashga qo‘rqadiganlar ham afsuski yo‘q emas. Kredit foizlari qanchalik kam bo‘lsa, fuqarolar uchun shunchalik qulay bo‘lishi aniq. O‘zbekistonda 3 ta davlat banki qoladi, qolganlari xususiylashtirilishi haqida to‘xtalgan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 2030-yilga qadar yana qator o‘zgarishlar haqida to‘xtalgani xalq ko‘nglidagi gap bo‘ldi.
Buning uchun esa bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmi hozirgi 18 milliard dollardan 40 milliard dollarga yetkaziladi. Tadbirkorlar uchun kreditlar o‘rtacha 20 foizdan 10-12 foizgacha tushiriladi. Ayni shu maqsadlarga erishish uchun esa bank omonatlari hajmi 4 barobarga oshirilib, banklarni xususiylashtirish tezlashtiriladi. Davlat ixtiyorida esa faqat 3 ta bank qoladi (“Milliybank”, “Xalq banki” va “Аgrobank”). Bank bozoriga yana kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banki kirib kelishi esa banklardagi raqobatni kuchaytiradi, aholi uchun esa bu ko‘plab imkoniyat va imtiyozlar eshigini ochishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun