Surxondaryoda bolalar bayrami keng nishonlanmoqda

Date:

Bugun qayga boqmaylik bayram kayfiyati hukmron. Ko‘chalar, saylgohlar-u istirohat bog‘lari bolajonlar bilan gavjum. Sababi bugun ularning kuni. Ko‘plab dunyo mamlakatlarida qariyb 72 yildan buyon 1-iyun — Xalqaro bolalar kuni sifatida nishonlanadi. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham. Bu sananing ham o‘z tarixi bor, albatta. Bolalarning birdamligini, baxt-u saodatini ko‘zlovchi bu sana tufayli dunyo miqyosida bolalarni himoya qilishga erishildi. Hatto, BMT Bosh Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiyani qabul qildi.


Xususan yurtimizda ham ertangi kun egalari doimo ardoqda. Faqat birinchi iyun sanasida emas, har doim, har nafas farzandlarimiz tadqiriga qiziqamiz, mas’uliyat bilan qaraymiz. Ayni ular uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga bosh kuch-quvvatimizni ishga solganmiz.


Bugungi tong esa qandaydir bayramona kayfiyatda boshlanib, surxondaryoliklar bir necha soat yo‘l bosib, Denov tumaniga otlanishdi. Albatta, qaqajon o‘g‘il-qizlarini o‘zlari bilan ergashtirishdi. Sababi 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan erta tongdan Denov tumanida viloyatning asosiy bayram shodiyonalari boshlandi. Shodiyonalarga sherik bo‘lishni diliga tukkan borki, har bir shahar va tumanlar uchun ajratilgan povilyonlardagi turli ko‘rgazmalar tomoshasiga tutindilar.


Quvnoq o‘yinlar esa omma e’tiborini tortmay qo‘ymadi. Teatrlashtirilgan kontsert-tomoshalari va ko‘ngilochar tadbirlar barchada ko‘tarinki va bayram kayfiyatini ulashdi.


Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, viloyatimizda istiqomat qilayotgan 1 milliondan ortiq bolalarni bayram bilan tabrikladi. O‘zining samimiy tilaklarini bildirib, bayram dasturini ochib berdi. Shuningdek, tadbirda Denov tumanida yangi qiyofa kasb etayotgan Sharof Rashidov ko‘chasining tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.


Yangidan foydanishga topshirilgan Sharof Rashidov ko‘chasi, “Аfrosiyob” hamda “Eko” madaniyat va istirohat bog‘larida bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etib, bolajonlar ko‘ngildagidek xordiq chiqarishayotir.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Savdo-iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlandi

"Termiz" xalqaro markazi bugun dunyo ishbilarmonlarini bir nuqtada jamlab,...

Toʻyga toʻyona boʻldi

Viloyatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayrami shukuhi kezib yuribdi. Sariosiyoliklar...

Sariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Bugun viloyatimizning Sariosiyo va Qiziriq tumanlari qatorida Qumqo‘rg‘onda ham...

“Behbudiyni yod etib”

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgan bir davrda...
KunTun
KunTun