Ilk urinishda 30 million so‘m daromad

Date:

Hamma ham talaba bo‘lishga muvaffaq bo‘lavermaydi. Turli sabablar va bilimning yetishmasligi bu borada eng katta to‘siq bo‘ladi. Bu esa hammasi tamom degani emas. Hayot esa davom etaveradi. Demak, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimiz uchun boshqa yo‘llarni izlashimiz, imkoniyat eshiklarini ochishimiz shart va zarur. Muzrabotlik Samandar Aliyev ham xuddi shunday qildi. Oliygohga o‘qishga kira olmagach, bir muddat chet elga ishladi. Ammo, bu uning ishi emasligini tushunib yetdi, ming harakat qilmasin, harakatlari o‘xshamagach, yurtga, uyga qaytdi.
Ishsiz emasmi, yoshlar yetakchisining maslahati va ko‘magi bilan “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olinib, auksion orqali 10 yil muddat mobaynida foydalanish uchun 20 sotix yerga ega bo‘ldi. Ushbu yer maydoniga bor mehrini qo‘yib, qunt bilan mehnat qildi. Dehqonchilik orqasidan birinchi yiliyoq 30 million so‘m foyda ko‘rdi. Bu esa Samandarni ruhlantirgani, ishiga e’tiborini kuchaytirgani rost. Endi u bundan-da ko‘proq daromad olishga qodir ekanini isbotlash maqsadida rejani katta olgan. Albatta, ko‘plab yoshlarga ana shunday imkoniyatlar eshigini ochayotgan “Yoshlar daftari” loyihasi davom etmoqda.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun