Viloyat bosqichi o‘tkazildi…

Date:

Yashil chiroq — yurish navbati kelganini anglatadi, demak yo‘l ochiq. Qizil chiroqda to‘xtab, sarig‘ida yurishga hozirlik ko‘ramiz. Yo‘lning ushbu qoidasini yosh bola ham biladi. Ha, bolalikdan yo‘llarda harakatlanish qoidasi o‘rgatib borilishi yaxshi, albatta. Bu bilimlar hayot davomida boyib, mustahkamlanib boradi. Ularga amal qilish ham qat’iy qoida tusini oladi. Xo‘sh, maktab o‘quvchilarining yo‘l qoidalarini bilish bo‘yicha savodxonligi qay darajada? Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida “Yashil chiroq” musobaqasining viloyat bosqichi davomida ana shunday savollarga javob topish mumkin bo‘ldi. Musobaqada hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etib, belgilangan shartlar yuzasidan o‘zaro bellashishdi.
Aytish kerakki, har bir shart qiziqarli bo‘ldi va ishtirokchilarni tezkorlikka, hozirjavoblikka, faollikka chorladi. Amaliy shartlarda ham jamoalarning chiqishlarini kuzatish tomoshabinlar uchun maroqli bo‘ldi. Hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga javoblar ham barchani qoniqtirdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Sariosiyo tumani hamda Termiz shahri jamoalari uchinchi, angorliklar ikkinchi o‘rinni band etishgan bo‘lsa, Denov tumani jamoasining faolligi alohida e’tirofga loyiq. Ular birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun