Kasb-hunarga qiziqish uyg‘otib…

Date:

Erta tongdan Termiz tumanidagi kasb-hunar maktabida bayramona shukuh hukmron. Kasb-hunar maktabining o‘quvchilari esa o‘ziga xos tayyorgarlik ko‘rishgan. Mehmon sifatida taklif etilgan tumandagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari esa gap nimada ekanini ko‘rgazma davomida bilib olishdi.
Sababi ular uchun “Kasblar festivali” tashkil etildi. Festival ishtirokchilari kasb-hunar maktabi o‘quvchilari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar, ixtisoslik va kasblar bo‘yicha ko‘rgazmalarni katta qiziqish bilan tomosha qildi. Kimnidir bir-biridan ajoyib chizilgan liboslar dizayni e’tiborini tortgan bo‘lsa, kimlardir pazandalikka qiziqib, pishir-kuydir, shirinliklarning tayyorlanish jarayonini kuzatishdi. O‘g‘il bolalar esa ustachilik, duradgorlik kasbining sir-asrorlari haqida so‘rashga tutunishdi. Ushbu kasb-hunar maktabida esa yuqoridagi kasb va hunarlar o‘z sohasining ustalari, mohir mutaxassislari tomonidan o‘rgatilishi e’tirof etildi. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari qizg‘in tus oldi. Muhimi esa umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari 2023-2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga faol jalb qilindi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun