Oilaviy mehribonlik uyida san’atkorlar mehmonda

Date:

Bolaning tarbiyasida, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida, komil inson sifatida shakllanishida oilaning o‘rnini hech kim bosa olmaydi. Ota ibrati, ona mehri ila butun bir oila bo‘lib yashash, yaxshi-yomon kunlarni birga o‘tkazishning ham o‘z gashti va davri bor, albatta.
Kemtik qalblarni o‘z bag‘riga olib, ularga ham oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onidan joy berib, chin ma’nodagi oilasiga aylanishga urinayotgan oilalarga Xudoning ham marhamati yog‘ilishi shubhasiz. Bir yetimning boshini silab, uni oq yuvib, oq tarash ham aslida uncha-muncha odamning qo‘lidan kelavermaydi. Bola tarbiyalashning ham mas’uliyati bor. Ayniqsa, yot oilada tug‘ilib o‘sgan bir bolakayni o‘ziniki qilib, unga mehr ko‘rsatish, kerak bo‘lsa, begonaligini bildirmasdan yashash ham jasorat.
Ana shunday oilalardan biri Angor tumani “Yangi turmush” mahallasida yashaydi. Ushbu oila ham bag‘riga olgan bolalarini hech narsadan kam qilmasdan, butun mehr-muhabbati ila parvarishlab kelmoqda. Mas’ullar ham har qachon ularning holidan xabar olishga shay.
Oilaviy mehribonlik uyiga tuman hokimi Qosim Mardonov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Ahtamquli Karimov, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi xonandasi Saidakbar Xolmatov hamda mas’ullar tashrif buyurishdi.
Mehmonlar bolajonlar bilan dildan suhbatlashdilar. Ijodkorlar jonli ijrolari bilan bolajonlarga koʻtarinki kayfiyat va quvonchli lahzalarni ulashishdi. Shuningdek, Muborak Ramazon oyi munosabati bilan bolajonlarga tuman hokimligining sovg‘alari topshirildi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun