Ko‘prik qurilishi boshlandi

Date:

Ko‘prik — yo‘llarni bog‘lovchi, uzoqni yaqin, mushkulni oson, bordi-keldi va rishtalarni mustahkamlovchi vositadir. Qadimdan xalqimiz ariqlar qazib, yo‘llar ochib, ko‘priklar qurib, o‘zlari uchun qulaylik yaratishgani, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib kelgani haqida to‘lqinlanib so‘zlaymiz. Bugungidek davrda esa bu ishlar yanada oson. Shunday deymiz-u, ammo ba’zida aksiga duch kelamiz. Uzun tumanidagi Dehqon va “Beshkapa” mahallalarini bog‘lovchi ko‘prikka kelganda uning yaroqsiz holatga kelganining guvohi bo‘lamiz. Tuman hokimi X.Bozorov og‘ir mahalla hisoblangan Dehqon mahallasining ko‘chalari bo‘ylab aholi muammolarini o‘rganish chog‘ida ikki mahallani bog‘lovchi ushbu ko‘prik holatini ko‘rib shunday fikrga keldi.
Demak, muammoni bartaraf etib, ko‘prik qurish lozim. Axir e’tiborsizlik qandaydir ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarmasligi kerak. Qolaversa, bu holat mahallalar ahliga, o‘tib-qaytguvchilarga ham katta qiyinchiliklar tug‘dirayotgani bor gap.
Avvaliga ko‘prik holati, qayta rekonstruksiya qilish, joriy taʼmirlash kabi takliflar o‘rganildi. So‘ng, tuman hokimi ko‘prikni tiklash, yangidan qurish bo‘yicha mutaxassislarni jalb qildi. Shundan keyin amaliy sa’y-harakatlar boshlab yuborildi. Zarur texnikalar beton quvurlarni o‘rnatishda qo‘l kelmoqda. Qisqa muddatda ko‘prik soz holatga keladi. Ikki mahalla esa oldingidek bordi-keldi qiladi, uzog‘i yaqin bo‘lib, vaqti ham tejaladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

LOR klinikasi ish boshladi

Muzrabot tumani markazida “Soliha Malak shifo” MChJga qarashli LOR...

Qurolli Kuchlarimizning 34 yilligi tantanavor nishonlandi

Surxondaryo viloyatida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston...

Raqamlar aniq, ma’lumot to‘liq bo‘ladi

Hech bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq statistik ma’lumotlarsiz tasavvur...

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...
KunTun
KunTun