FINALDA UCHINCHI…

Date:

O‘zbek futbolchilari ko‘plab hajviy dasturlarning, ko‘ngilochar shoularning asosiy mavzusiga aylanib, tomoshabinda kulgu qo‘zg‘aydi. To‘g‘ri-da, o‘zining darvozasiga gol urish, necha yillar davomida butun bir davlatdan yalt etgan jamoaning shakllanmayotgani, buning ortidagi mish-mishlar haqiqatan ham kulgu bo‘ladigan, achchiq kinoyaga sabab mavzudir.


Ammo, ishonchimiz komilki, xalqimiz orasida Ronaldo-yu Messidan qolishmay to‘p suradigan futbolchilar ko‘plab topiladi. Ularni topish, izlash va imkon bermoq lozim xolos. Termiz davlat universitetining sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabalari OTMlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Universiada-2022” sport musobaqalarining futbol boʻyicha final bosqichida munosib ishtirok etdi. Kuchli jamoalar orasidan faxrli 3-o‘rinni egallashdi. To‘g‘ri, muhimi ishtirok. Bu ishtirok, bu imkon sabab, ushbu jamoa orasidan milliy terma jamoaning kelajagi uchun to‘p suradigan mahoratli futbolchilar saralanib olinsa, ajab emas.
Surxondaryoga qaytgan futbol jamoasi munosib kutib olindi va erishgan yutuqlari e’tirof etildi. chempionlikni qo‘lga kiritgan talabalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun