…subsidiya ajratiladi

Date:

Ta’lim tizimi, umuman yoshlarning oliy ta’limga qamrovi haqida gap ketganda, albatta, xususiy o‘quv markazlarining o‘rni va ulushi haqida ham to‘xtalish o‘rinli. Sababi, bugungi kunda yoshlarning ta’limning keyingi bosqichini davom ettirishlarida repititorlik xizmatlari maktabda to‘ldirilishi lozim bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldiryapti.
Demak, ana shunday o‘quv markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yetarli shart-sharoit yaratish uchun imkon va imtiyoz berish lozim. Shu maqsadda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 300 ming nafar yoshning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatlariga 100 milliard so‘m subsidiya ajratilishi maʼlum qilindi. Qolaversa, har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari tashkil etiladi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z klublarini ochadi. Bu klublar talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar o‘tkazib boriladi.
O‘zbekistondagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga o‘tkazilib, har yili 100 ming nafar yoshni qamrab oladi. Tuman markazidan uzoqdagi mahallalarda sport, madaniyat va sanʼat yo‘nalishlarida to‘garak ochgan murabbiylarga zarur jihoz uchun 15 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...

Huquqingizni bilasizmi?

Yozning issiq kunlarida mehnat qilayotgan xodimlar uchun qonunchilikda qo‘shimcha...
KunTun
KunTun