“KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI!”

Date:

Kitob eng yaxshi hamrohdir. Unga bolalikdan oshno bo‘lish dunyoqarashda o‘ziga xos burilish yasaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Bolalar kitobi haftaligi” o‘tkazilishi reja qilingan. Ana shu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida ham “KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI!” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etildi. Haftalik doirasida viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari, shoirlar bilan davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.


Ayniqsa, rang-barang va qiziqarli tadbirlar – turli marafonlar, teatr tomoshalari, kitob yarmarkalari, yangi kitoblar taqdimoti va koʻrgazmalari barchaga manzur bo‘ldi. Mana shunday “Kitobxonlik haftaligi” o‘quvchi-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishga xizmat qiladi. Qolaversa, bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga mutolaa uchun tavsiya etish maqsadga eltuvchi eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Manzura Xodjamberdiyeva,
Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi uslubiy bo‘lim uslubchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun