Suvchilar velosipedli bo‘ldi

Date:

Suvchilik kasbining mashaqqatlarini shu ishda suyagi qotgan, mehnati singganlargina biladi. Ha, suvchilikning ham o‘z sir-sinoatlari bor. Tungi oromdan kechib, dalada bedor yurish kerak bo‘lganida ham, quyosh tig‘ida bo‘lsa ham, ekin-tikinning rivoj topishi harakatida yuradigan suvchilarning mo‘l-ko‘l hosil olishda xizmati katta, albatta.

Surxondaryo viloyat hokimi Jarqo‘rg‘on tumani “Ismoiltepa ziroatchi” hududidagi “Termiz jayxun cluster” MCHJ paxta maydonida bo‘lib, tumandagi klaster va fermer xo‘jaliklari suvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yerni urug‘ ekishga tayyorlashdan, hosil pishib yetilguniga qadar kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay sug‘orish ishlarini olib borayotgan suvchilarning mehnatlari eʼtirof etildi.
E’tirof quruq so‘z bilan bo‘lmadi, viloyat rahbari suvchilarga velosipedlar topshirib, kelgusi ishlariga omad va rivoj tiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun