“JASORAT MAKTABI” LOYIHASIGA START BERILDI

Date:

Vatanga muhabbatni uyidan ayro yashab ko‘rgan insonchalik hech kim yaxshi tushunmasa kerak. Unga xizmat qilish ham yoshlar qalbida o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmas balki. Buning uchun bir turtki kerak. Surxondaryo viloyatida start olgan “Jasorat maktabi” loyihasi esa yoshlarga ana shunday turtkini bera oladi, deyish mumkin.
Foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lsak ham, bekorchilik bilan ham vaqtimiz o‘tadi. Maqsad o‘tayotgan vaqtni, umrni mazmunli o‘tkazishdir. Bu muddat ichida “Jasorat maktabi” loyihasida amalga oshiriladigan tadbirlar yosh qalblarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosi erta tongdan vohaning turli hududlaridan kelgan yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Tashkil etilgan yoshlar karvoni Termiz tumanida joylashgan 18299-harbiy qismga yo‘l oldilar.
Barcha aytilgan manzilda tantanali kutib olindi. Aytish kerakki, ushbu 10 kunlik “Harbiy sog‘lomlashtirish oromgohi”da yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazadi. Buning uchun harbiy qism vakillari turli tadbirlar o‘tkazishni reja qilishgan. Qolaversa, ushbu loyiha harbiylar hayotini yaqindan o‘rganishga yordan beradi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun