Ibrat

Date:

Bir ziyofatda bir kishi o‘zining boshlang‘ich sinf ustozini ko‘rib qoldi. U ustoziga mutlaq hurmat va ehtirom bilan boqib:
– Ustoz! Meni tanidingizmi? Meni esladingizmi? – dedi.
Ustoz:
– Afsus, eslay olmadim, – dedi.
U kishi dedi:
– Qanday eslay olmaysiz?! Axir men sinfdoshlarimdan birining soatini o‘g‘irlagan edim. Soatini o‘g‘irlatgan sinfdoshim yig‘lay boshladi. Siz bizning barchamizni o‘rnimizdan turg‘izib cho‘ntaklarimizni tekshirmoqchi bo‘ldingiz. Men endi sinfdoshlarim va ustozlar oldida sharmanda bo‘lishimga ishondim. Endi ular meni doimo masxara qilishadi, shaxsiyatim butunlay barbod bo‘ladi deb o‘yladim. Siz o‘shanda bizdan devorga qarab ko‘zimizni yumib turishimizni so‘ragan edingiz. Siz cho‘ntaklarni tekshira boshladingiz. Mening navbatim kelganida cho‘ntagimdan soatni oldingiz va tekshirishni davom ettirdingiz. Oxirgi bolani ham tekshirib, so‘ngra bizni o‘tirishimizni aytdingiz.
Men hamon sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib dag‘-dag‘ titrar edim. Siz soatni egasiga qaytardingiz. U bola shodlikdan yig‘lab yubordi, soatini kim o‘g‘irlaganini bilmay qoldi. Butun o‘qishim mobaynida o‘g‘irlik haqida menga gapirmadingiz. Boshqa ustozlar ham o‘g‘irlikni eslashmadi. Esladingizmi ustoz? Qanday eslamasligingiz mumkin? Buni unutishingiz mumkin emas!

Ustoz butunlay xotirjamlik bilan dedi:
– Yo‘q, eslay olmadim. O‘shanda men sizlarni ko‘zlarimni yumgan holatda tekshirganman!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

USTOZ — MA’NAVIYAT CHIROG‘I

Jamiyat taraqqiyoti, xalqning ertangi kuni va millatning ma’naviy kamoloti,...

Beparvolik kechirilmaydi

Bugungi globallashuv jarayonida ekologik muammolar tobora keskinlashib bormoqda. Atrof-muhit...

“Muharrir” klubi —so‘z va tafakkur maktabi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va...

Huquqiy muvozanat

Huquqiy demokratik davlat barpo etishda sud tizimining o‘rni beqiyosdir....
KunTun
KunTun