120 gektar yer maydonlari oʻzlashtiriladi

Date:

Hali hamon biz yashab turgan ona zaminda o‘zlashtirilmagan yer maydonlari talaygina. Asosiy maqsad esa ularni o‘zlashtirish va unumli foydalanish, foyda ko‘rishdir. Shu sababdan ham Angor tumanining “Ilgʻor” mahallasida 120 gektar yer maydoni oʻzlashtirilib, dehqonchilik xoʻjaligi tashkil etish uchun tayyorlanmoqda.
Oʻzlashtirilgan yerlar esa oʻzini-oʻzi band qilish uchun ishsiz fuqarolarga 25 sotixdan ajratiladi. Qarabsizki, ularning bandligi ta’minlanish bilan birga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishadi. Bu esa 480 nafar ishsiz fuqaroning bandligi taʼminlanadi degani.
120 gektarning 50 gektari esa auksion orqali 50 yilga, 70 gektari ijara asosida 12 yilga aholiga beriladi. Ayni paytda sektor rahbarlari hududda olib borilayotgan ishlarni nazorat qilib, masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berishayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun