Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash borasidagi ishlar Qiziriq tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihalari orqali izchil davom etmoqda.
Xususan, 2026-yilning 2-mavsumida “Ochiq byudjet” portalida g‘olib bo‘lgan ikkita loyiha Yakkaterak mahallasida amalga oshirildi. Natijada Yakkaterak hududidagi 11 ta ko‘chaning 4,8 kilometr hamda Obodon qishlog‘idagi ikki ko‘chaning 4,4 kilometr qismiga zamonaviy asfalt yotqizildi.
Har bir loyiha uchun 1 milliard 647 million 415 ming so‘mdan mablag‘ ajratilib, qurilish-ta’mirlash ishlari “Grand Sohil Baraka” MChJ tomonidan bajarildi.
Natijada mahallaning jami 9,2 kilometr ichki yo‘llari ravon va qulay holatga keltirilib, aholining uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qilmoqda.

