Yaponiya choyi o‘zimizda yetishtiriladi

Date:

Ertalab uyg‘oniboq pir payola choy ichmasdan ko‘chaga chiqmaymiz. Tushlik, kechki taom ham choysiz ketmaydi. Sevimli taomlarimizni kunda tanovul qilmasligimiz mumkin, ammo choysiz kunimiz o‘tmaydigandek. Issiqda chanqoqbosti, sovuqda issiq tutuvchi ham choy. Ayniqsa, uning foydali xususiyatlari haqida bilgan, choyni qayta kashf etishi aniq.
Choy erta qarishning oldini oladi. U tanani tozalab, ruhni mustahkamlaydi, yurakni yumshatib, fikrlarni uyg‘otadi, tanballikni haydaydi. Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini kamaytiradi. Onkologik xastaliklar xavfini pasaytiradi. Qolaversa, qalqonsimon bez faoliyatini barqarorlashtiradi. Tarkibidagi kofein moddasi tetiklashtiradi. Ko‘k choy tishlar uchun ham foydali, viruslarga qarshi kurashuvchi. Moddalar almashinuvini yaxshilagani uchun ozayotganlarga tavsiya qilinadi. Choy darmondori va foydali moddalarga boy. Turgan-bitgani kon-u foyda bo‘lgan choyning narxi esa ancha qimmat bo‘lsa-da, uni cheklash xayolimizga kelmaydi. Ammo, buning ham yechimi topildi. Respublikamizning dengiz sathidan 600-1500 metr balandlikda joylashgan tog‘ va tog‘ oldi hududlari, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida choy ko‘chatlari ekilib, O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda “sayamakaori”, “fukimidori”, “xokimey”, “fushin”, “sayamadori” kabi choy navlari ko‘chirib keltirilib, respublikamiz yerlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Hozirda sinovdagi choy o‘simligi mamlakatda yaxshi o‘smoqda.
Sinov o‘zini oqlasa, choy o‘zimizda yetishtiriladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq hududi kengaytirilmoqda

Parlament quyi palatasi majlisida “Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon...

Kimlar soliqdan ozod?

Solik kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar...

Matonati ibratdir

Muzarobotlik Gulnora O‘sarova 1-guruh nogironi. Shunday bo‘lsa-da u tinim...

Ijtimoiy muhit barqarorlashadi

Angor tumani hokimligi tomonidan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida "Yangi...
KunTun
KunTun