Ko‘makdan daromad sari

Date:

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning eng muhim jihati — oilalarga nafaqat yordam berish, balki ularning o‘z mehnati bilan daromad topishiga imkon yaratishdir. Sho‘rchi tumanida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga subsidiya asosida kurkalar tarqatilishi ham shu maqsadga qaratilgan. Tashabbus orqali xonadonlarda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish, oilalar bandligini ta’minlash va qo‘shimcha daromad manbaini yaratish ko‘zda tutilgan.

— Yurtboshimiz tomonidan biz kabi oilalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibordan juda mamnunmiz, — deydi Oynako‘l mahallasida yashovchi Sarvinoz Jalilova. — Berilgan kurkalarni mehr bilan parvarishlab, ko‘paytiramiz. Bu, avvalo, bandligimizni ta’minlasa, oilamiz budjetiga ham qo‘shimcha daromad keltiradi. Eng muhimi, mehnat qilib, o‘z imkoniyatlarimizni ro‘yobga chiqarishimiz uchun sharoit yaratilmoqda.

Bunday tashabbuslar oilalarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni daromad topishga rag‘batlantirish va turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eldor Shomurodovdan yana bir e’tirof

Surxondaryolik futbolchi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari bilan...

Ko‘makdan daromad sari

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning eng muhim jihati — oilalarga nafaqat yordam...

Piyodalar xavfsizligi uchun yerusti yo‘lagi

Transport qatnovi gavjum ko‘chalarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash alohida e’tibor...

Mahalla faoliyati raqamli nazoratda

Mahallalarda ish samaradorligini oshirish, mas’ul xodimlar faoliyatini muntazam kuzatib...
KunTun
KunTun