Huquq va mas’uliyat muvozanati

Date:

Konstitutsiya har qanday demokratik davlatning huquqiy asosini belgilab, davlat hokimiyati faoliyati, jamiyat va inson örtasidagi munosabatlarning asosiy qoidalarini mustahkamlaydi. 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq referendumida qabul qilingan Özbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mamlakatimizda inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlaş, davlat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini oşiriş va huquqiy davlat barpo etiş yölida muhim qadam böldi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 1-moddasida Özbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida belgilangan. Bu davlatning nafaqat siyosiy-huquqiy maqomini, balki jamiyat va inson oldidagi vazifalarini ham ifodalaydi. Xususan, 2-moddada davlat xalq irodasini ifoda etişi, uning manfaatlariga xizmat qilişi, davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ul ekanligi mustahkamlangan.
Mazkur tamoyil davlat boşqaruvida xalq manfaatlarini ustuvor qöyiş, qarorlar qabul qilişda fuqarolarning ehtiyojlari va qonuniy manfaatlarini hisobga oliş, davlat organlari faoliyatining oçiqligi va hisobdorligini ta’minlaşni talab etadi. Binobarin, davlat organlari faoliyatining samaradorligi faqat amalga oşirilgan işlar bilan emas, balki ularning inson hayotiga, huquq va manfaatlariga ta’siri bilan ham baholanişi lozim.
Şuningdek, Konstitutsiyaning 15-moddasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, uning mamlakat hududida oliy yuridik kuçga ega ekanligi hamda töğridan-töğri amal qilişi belgilangan. Bu konstitutsiyaviy normalar faqat umumiy qoida sifatida emas, balki huquqiy munosabatlarni tartibga solişda bevosita qöllanilişi mumkinligini anglatadi.
Inson huquqlarini ta’minlaşda sud himoyasi alohida ahamiyatga ega. Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq, har kim öz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barça usullar bilan himoya qiliş, davlat organlari va mansabdor şaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga şikoyat qiliş huquqiga ega. Bu fuqarolarga buzilgan huquqlarini tiklaş uçun muhim huquqiy imkoniyat yaratadi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimizda inson qadri, qonun ustuvorligi va davlatning xalq oldidagi mas’uliyatini mustahkamlovçi huquqiy asoslarni yanada takomillaştirdi. Biroq uşbu normalarning haqiqiy kuçi ularning kundalik hayotda izçil amalga oşirilişi, davlat organlari va mansabdor şaxslar faoliyatida amaliy ifodasini topişi bilan namoyon böladi.
Konstitutsiya ustuvor bölgan jamiyatda davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, qonun inson huquqlarini himoya qiladi va adolat hayotning asosiy mezoniga aylanadi.

Botirjon Abdullayev,
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquq va mas’uliyat muvozanati

Konstitutsiya har qanday demokratik davlatning huquqiy asosini belgilab, davlat...

TARAQQIYOTNING YANGI MEZONI

Bugungi kunda iqtisodiy ösişni tabiiy resurslarni asraş va atrof-muhitga...

Muştarak qadriyatlar

Bağrikenglik — insonning yuksak ma’naviy fazilati, jamiyatda tinçlik va...

Turizm imkoniyatlarimiz xalqaro maydonga chiqmoqda

Qadimiy tarix, betakror tabiat, boy madaniy meros va o‘ziga...
KunTun
KunTun