Bağrikenglik — insonning yuksak ma’naviy fazilati, jamiyatda tinçlik va hamjihatlikni ta’minlaydigan muhim qadriyatdir. U turli millat, til, din va madaniyat vakillarining özaro hurmat asosida yaşaşi, bir-birining urf-odatlari va milliy an’analarini qadrlaşida namoyon böladi. Zero, madaniy xilma-xillik jamiyatni ajratadigan emas, aksinça, uning ma’naviy boyligini oşiradigan omildir.
Köp millatli Özbekiston uçun millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni mustahkamlaş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Konstitutsiyamizda fuqarolarning millati, tili, dini va boşqa xususiyatlaridan qat’i nazar, qonun oldida tengligi kafolatlangan. Bu tamoyil mamlakatimizda turli millat va elat vakillarining öz tili, madaniyati va an’analarini asrab-avaylaşi, şu bilan birga, yagona Vatan ravnaqi yölida birlaşib yaşaşi uçun mustahkam huquqiy asos yaratadi.
Bu jarayonda milliy madaniy markazlar alohida örin tutadi. Ular turli xalqlarning tili, adabiyoti, san’ati va urf-odatlarini asraş, yoş avlodga yetkaziş, madaniy aloqalarni kengaytiriş hamda millatlar örtasidagi döstlik riştalarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilayotgani, 157 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritayotgani bu yönalişning naqadar muhimligini körsatadi.
Özbekistondagi milliy madaniy markazlar orasida tojik milliy madaniy markazlari ham munosib öringa ega. Özbek va tojik xalqlarining döstligi asrlar davomida şakllangan tarixiy, madaniy va ma’naviy muştaraklikka asoslanadi. Ikki xalq vakillari uzoq yillar davomida yonma-yon yaşab, ilm-fan, adabiyot, san’at, hunarmandçilik va kundalik hayotda bir-birining tajribasi hamda qadriyatlaridan bahramand bölib kelgan. Bu yaqinlik bugun ham oilaviy riştalar, qöşniçilik munosabatlari va madaniy hamkorlikda davom etmoqda.
Tojik milliy madaniy markazlarining asosiy vazifalaridan biri ana şu tarixiy yaqinlikni asrab-avaylaş, tojik xalqining boy madaniy merosini keng tarğib etiş va uni kelajak avlodga yetkazişdir. Milliy san’at va an’analarni namoyiş etuvçi tadbirlar xalqlar örtasidagi madaniy muloqotni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Ayniqsa, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun va Boysun tumanlarida tojik millatiga mansub aholi vakillari bilan olib boriladigan madaniy-ma’rifiy işlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlar orqali yoşlar ajdodlar merosi bilan yaqindan tanişadi, ona tiliga, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanadi. Şu bilan birga, boşqa millat vakillarining madaniyati va an’analarini anglaş, özaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaş uçun ham imkoniyat yaratiladi.
Bugun mamlakatimizda turli millat va elat vakillari yagona Vatan — Özbekiston ravnaqi yölida bir maqsad atrofida birlaşib yaşamoqda. Ularning tili va urf-odatlari turliça bölişi mumkin, ammo tinçlik, osoyiştalik, farovon hayot va farzandlar kelajagi yölidagi intilişlari muştarakdir. Milliy madaniy markazlar esa ana şu muştaraklikni mustahkamlaş, xalqlar örtasida döstlik va özaro anglaşuvni rivojlantirişga bundan buyon ham munosib hissa qöşadi.
Şavkat Abdurahmonov,
Oltinsoy tuman tojik milliy madaniy markazi raisi

