Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, yashil hududlarni ko‘paytirish va ekologik barqarorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar Sho‘rchi tumanida ham izchil davom etmoqda.
Xususan, tumandagi Sovjironbobo mahallasi hududida mikroo‘rmon tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tashabbus natijasida hududning yashil qiyofasi kengayib, havoning tozaligi va ekologik muhit yaxshilanishiga, aholi uchun yanada sog‘lom va qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

