Konstitutsiyamiz 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida yangi tahrirda qabul qilindi. Unda inson qadri, huquq va erkinliklari, ijtimoiy adolat hamda davlat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini ta’minlaşga ustuvor ahamiyat berildi. Xususan, 1-moddada Özbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani mustahkamlab qöyildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning boş ğoyasi — inson, uning hayoti, erkinligi, şa’ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat sifatida e’tirof etişdir. 19-moddada inson huquq va erkinliklari har kimga tuğilganidan boşlab tegişli ekani, barça fuqarolarning qonun oldida tengligi belgilangan. 20-moddada esa inson huquq va erkinliklarining bevosita amal qilişi, davlat organlari bilan munosabatlarda qonunçilikdagi ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilişi mustahkamlangan.
Bu normalar şunçaki huquqiy qoida emas, balki har bir fuqaroning davlat organlari bilan munosabatida uning manfaatlari ustuvor bölişini ta’minlaydigan muhim kafolatdir. Yaşaş, şaxsiy erkinlik va daxlsizlik, fikrlaş va söz erkinligi, ta’lim oliş, mehnat qiliş, tibbiy xizmatdan foydalaniş kabi huquqlarning konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangani ham inson manfaatlariga qaratilgan siyosatning huquqiy asosidir.
Konstitutsiyaning 54-moddasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş davlatning oliy maqsadi ekani, 55-moddasida esa har kim öz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barça usullar bilan, şu jumladan sud orqali himoya qilişga haqli ekani belgilangan. Demak, huquq buzilgan taqdirda fuqarolar uni tiklaş uçun qonuniy himoya vositalaridan foydalaniş imkoniyatiga ega.
Bu borada Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili — Ombudsman instituti alohida örin tutadi. Konstitutsiyaning 56-moddasida inson huquqlari böyiça milliy institutlar huquq va erkinliklarni himoya qilişning mavjud şakl hamda vositalarini töldirişi, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirişga kömaklaşişi belgilangan.
Ombudsman davlat organlari, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat qiluvçi organlar hamda mansabdor şaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga oid qonunçilikka rioya etilişi ustidan parlament nazoratini amalga oşiradi. Fuqarolarning huquqlari buzilişiga doir murojaatlarini körib çiqiş, buzilgan huquqlarni tiklaşga kömaklaşiş, qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş uning faoliyatidagi muhim yönalişlardandir.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari esa joylarda aholi bilan bevosita muloqot qiliş, murojaatlarni örganiş, huquqiy tuşuntirişlar beriş va inson huquqlariga rioya etilişi ustidan monitoring olib boriş orqali uşbu faoliyatning hududlardagi qamrovini kengaytiradi. Bunda har bir murojaat ortida muayyan insonning hayoti, taqdiri va qonuniy manfaatlari turganini unutmaslik muhim.
Ayniqsa, ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslarning huquqlarini ta’minlaş alohida e’tibor talab qiladi. Konstitutsiyaning 28-moddasida bunday şaxslarning insoniy muomalada böliş va inson şaxsiga xos şa’ni hamda qadr-qimmati hurmat qilinişi huquqi kafolatlangan. Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari maxsus muassasalarga monitoring taşriflarini amalga oşiriş, saqlaş şaroitlarini örganiş, mahkumlar bilan suhbatlaşiş orqali qiynoq va boşqa şafqatsiz muomala holatlarining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Inson huquqlarini himoya qiliş faqat buzilgan huquqni tiklaş bilangina çeklanmaydi. Huquqbuzarliklarning oldini oliş, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, davlat organlari faoliyatida qonuniylik va oçiqlikni ta’minlaş ham bu jarayonning ajralmas qismidir. Zero, fuqarolar öz huquqlarini qançalik yaxşi bilsa, ularni himoya qiliş imkoniyatlaridan şunçalik samarali foydalana oladi.
Konstitutsiyaning kuçi undagi normalarning hayotda qanday namoyon bölişi, inson huquq va erkinliklari qay darajada ta’minlanişi bilan belgilanadi. Inson qadri uluğlanadigan, adolat va qonun ustuvorligi qaror topgan jamiyatni barpo etiş esa har birimizdan mas’uliyat, huquqiy bilim va faol fuqarolik pozitsiyasini talab etadi.
Abdiraşid Artikov,
Ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi
mintaqaviy vakili

