YONG‘IN XAVFINING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA

Date:

Kuz-qish mavsumida aholi xavfsizligini ta’minlash, is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning oldini olish maqsadida Termiz shahridagi buyum bozorida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari hamda shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda tadbirkorlar, sotuvchilar va fuqarolarga isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, is gazidan zaharlanish belgilari va ehtiyot choralari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, elektr tarmoqlariga ortiqcha yuklama bermaslik, elektr simlari izolyatsiyasini muntazam tekshirib borish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday profilaktik tadbirlar fuqarolarning favqulodda vaziyatlarga oid bilim va hushyorligini oshirish, mavsum davomida inson hayoti va mol-mulkini turli xavf-xatarlardan asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun