Naqd pul muomalasida yangi talablar belgilanmoqda

Date:

Naqd pul bilan bog‘liq xizmatlar aholiga qulay, uzluksiz va ishonchli bo‘lishi uchun banklar zimmasidagi mas’uliyat hamda pul belgilariga qo‘yiladigan talablar aniq belgilanishi muhim. Shu maqsadda naqd pul muomalasini tashkil etish bo‘yicha yangi yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, banknotlarda seriyasi, raqami, nominali, to‘lovga yaroqliligi va qalbakilashtirish uchun javobgarlik haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Pul dizaynida esa O‘zbekiston tarixi, madaniyati, qadriyatlari, buyuk allomalari va yutuqlari ifodalanadi. Banknotlar salomatlik uchun xavfsiz xomashyodan tayyorlanib, zamonaviy himoya elementlari bilan ta’minlanadi.

Yo‘riqnomaga muvofiq, banklar mijozlarning hisobvaraqlaridagi mablag‘lar doirasida naqd pulga bo‘lgan talabini birinchi murojaatdayoq qondirishi, muomaladagi pullarni nominal qiymati bo‘yicha qabul qilishi hamda bankomatlarda naqd pul yetishmovchiligiga yo‘l qo‘ymasligi shart.

Shuningdek, Markaziy bank va tijorat banklari pul belgilarini bir nominaldan boshqasiga bepul almashtirib beradi. Yangi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishidan kamida bir hafta oldin aholi bu haqda xabardor qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun