Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududdagi sanoat va ishlab chiqarish loyihalari hamda yangi istiqbolli tashabbuslar bilan tanishdi.
Dastlab, tumanning Muzrabot darvoza mahallasida faoliyat yuritayotgan “MUZRABOT IMPEX GOLD” MChJ issiqxonasiga tashrif buyurilib, oziq-ovqat va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida issiqxonaning ishlab chiqarish quvvati, mahsulot turlari va faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbirkor kelgusida yetishtirish hajmini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish rejalarini bayon etdi.
Shuningdek, tadbirkorning muammo va takliflari tinglanib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, belgilangan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

