Ekologiya darsdan chiqib, amaliyotga yaqinlashdi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar ekologik audit, xavfsiz mehnat va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy bilimlarini mustahkamladi.

“Atrof-muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda atrof-muhitga ta’sirni baholash, “yashil iqtisodiyot” tamoyillari, mehnat xavfsizligi va chiqindilarni qayta ishlash masalalari muhokama qilindi.

Talabalar mutaxassislar bilan muloqot davomida viloyatdagi ekologik holat, ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda chiqindilarni ikkilamchi xomashyoga aylantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot oldi.

Uchrashuvning amaliy jihati shundaki, yoshlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mavjud vakansiyalar va amaliyot dasturlari bilan ham tanishib, soha vakillariga bevosita savollar yo‘llash imkoniga ega bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tajriba muhimmi?

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan...

Ekologiya darsdan chiqib, amaliyotga yaqinlashdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar ekologik audit,...

“Oltintepa”da ko‘chalarning 95 foizi asfaltlandi

Jarqo‘rg‘on tumanining Oltintepa mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari davom...

Tarix sahnaga ko‘chdi

1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan...
KunTun
KunTun