Tarix sahnaga ko‘chdi

Date:

1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”da ishtirokchilarga mazmunli spektakl namoyish etildi. Bosh prokuror tashabbusi bilan sahnalashtirilgan ushbu asarda Sovet Ittifoqi davrida Surxondaryoda faoliyat yuritgan prokurorlarning murakkab va ayanchli taqdiri, kasbiy faoliyati davomida boshdan kechirgan sinovlari badiiy talqinda aks ettirildi.

Spektaklda inson taqdiri, kasbga sadoqat, matonat va mas’uliyat kabi tushunchalar hayotiy voqealar orqali yoritildi. Sahna asari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, o‘tmish saboqlariga yana bir bor nazar tashlash imkonini berdi.

Bunday tadbirlar xodimlarning nafaqat mazmunli hordiq chiqarishi, balki jamoada o‘zaro muloqot va hamjihatlikni mustahkamlashiga ham xizmat qiladi. “Uch avlod uchrashuvi” esa turli avlod vakillarini bir maydonda jamlab, kasbga sadoqat va xizmat mas’uliyati kabi qadriyatlarni yanada chuqurroq his etishga imkon berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tajriba muhimmi?

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan...

Ekologiya darsdan chiqib, amaliyotga yaqinlashdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar ekologik audit,...

“Oltintepa”da ko‘chalarning 95 foizi asfaltlandi

Jarqo‘rg‘on tumanining Oltintepa mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari davom...

Tarix sahnaga ko‘chdi

1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan...
KunTun
KunTun