Yangi tizim ishga tushdi

Date:

Plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlari endi shunchaki chiqindi emas. Toshkent va Surxondaryoda ishga tushirilgan fandomatlar orqali fuqarolar bo‘sh idishlarni topshirib, har biri uchun 150 so‘mdan pul rag‘bati olishi yoki mablag‘ni xayriyaga yo‘naltirishi mumkin.

Pilot loyiha Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan Norvegiyaning TOMRA kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

23-sentabr kuni Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati markazida fandomatlar ishga tushirildi. Qurilma plastik va shisha butilkalar hamda alyuminiy ichimlik idishlarini avtomatik qabul qilib, ularni qayta ishlash uchun alohida yig‘adi va saralaydi.

Fuqarolar idishlarni topshirgach, har bir qabul qilingan idish uchun 150 so‘mlik rag‘batni Click elektron hamyoniga olishlari mumkin. Yoki puldan voz kechib, tushumni xayriya va daraxt ekish tashabbuslariga yo‘naltirish imkoniyati mavjud.

Tashabbusning yana bir muhim jihati — qayta ishlanadigan materiallarni maishiy chiqindidan ajratib, iqtisodiy aylanmaga qaytarish. Shu tariqa bir vaqtlar poligon yoki ko‘chaga tushadigan idish qayta ishlash uchun xomashyoga aylanadi.

Pilot loyiha ijobiy natija bersa, fandomatlarni Toshkent va boshqa hududlarda aholi gavjum joylarga bosqichma-bosqich o‘rnatish rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun