Termiz davlat universitetida eronlik mutaxassislar ishtirokida an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy bo‘yash va qo‘l hunarmandchiligi bo‘yicha xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.
Tadbirda Eron Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vazirligi Hunarmandchilik ta’limi departamenti rahbari Rizo Habibpur hamda Gorgan universiteti professori Hoda Husseini ishtirok etdi.
Mutaxassislar talabalarga paxtadan tola olish, tabiiy bo‘yoqlardan foydalanib ip va matolarni bo‘yash, shuningdek, milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar yaratish jarayonlari haqida amaliy ma’lumotlar berdi.
Tadbir talabalar uchun amaliy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, xalqaro tajriba almashish imkonini berdi.

