QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI UCHUN INNOVATSION YECHIM BOR

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Qishloq va suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar va innovatsion ko‘rgazma o‘tkazildi.

Unda soha mutasaddilari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, fermerlar, agroklasterlar va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi. Tadbirda suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalar, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘rgazmada urug‘larga plazmali ishlov berish, melioratsiya mobil laboratoriyasi, zamonaviy o‘lchov jihozlari, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish yechimlari, energoaudit qurilmalari va qishloq xo‘jaligi dronlari namoyish etildi.

Tadbir yakunida soha vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolarni ilmiy yondashuv va innovatsion texnologiyalar asosida hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun