Toshkent shahrida xalqaro “ICT Week Uzbekistan-2026” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sun’iy intellekt, raqamli tibbiyot, biometrik identifikatsiya, robototexnika va zamonaviy raqamli xizmatlarga oid ilg‘or texnologiyalar namoyish etilmoqda.
Nufuzli tadbirda Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi ham ishtirok etib, xorijiy IT kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Muloqotlarda Surxondaryoda IT kompaniyalari filiallarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni hududga jalb qilish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Bandixon tumani hokimining raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi tomonidan xorijiy IT kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.Uchrashuvlar yakunida hududda IT sohasini rivojlantirish va raqamli xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Asosiy maqsad — Surxondaryoda zamonaviy IT ekotizimini shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun yangi raqamli imkoniyatlarni kengaytirish.

