Pensiyaga kechroq chiqsa…

Date:

Pensiyaga chiqishni 6 yoki 12 oyga kechiktirgan, yuqori daromad oluvchi fuqarolarni moliyaviy rag‘batlantirish taklif etilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasiga ko‘ra, yangi tartib 2028-yil 1-apreldan joriy etilishi mumkin.

Taklifga muvofiq, pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi chegarasi pensiyaga chiqishni 6 oy kechiktirganda 7 mln 56 ming so‘mgacha, 12 oy kechiktirganda esa 7 mln 560 ming so‘mgacha oshiriladi.

Natijada yuqori ish haqi oladigan fuqarolarning pensiyasi 6 oy kechiktirilganda oyiga 277,2 ming so‘mgacha yoki 8 foizga, 12 oy kechiktirilganda esa 554,4 ming so‘mgacha yoki 15 foizga ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Mazkur taklif hozircha qonun loyihasi bo‘lib, jamoatchilik muhokamasidan so‘ng yakuniy tartib belgilanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...

Milliy otchilik: an’ana, mahorat va e’tirof

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari”...
KunTun
KunTun