Mas’uliyat muhim

Date:

Termiz davlat universitetida Termiz harbiy prokuraturasi hamda Surxondaryo viloyati Yoshlar ittifoqi hamkorligida harbiy qismlardagi “psixolog-yoshlar yetakchilari” uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmun-mohiyati” mavzusidagi seminarda yoshlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuv, tadbirlarning mazmuni va ularning yoshlar tarbiyasiga ta’siri haqida fikr almashildi.

Termiz harbiy prokurori yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov so‘zga chiqib, yoshlar siyosatiga e’tiborni kuchaytirish, ayniqsa, vatanparvarlik tadbirlarini shunchaki tadbir uchun emas, aniq maqsad va mazmun asosida tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Seminar yakunida faoliyati bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Daler Rahmatullayev,
Termiz harbiy prokurorining katta yordamchisi,
Adliya katta leytenanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Otamni eslab

Jo‘rayev Chorshanbe xotirasiga17-sentyabr. Otamning tug‘ilgan kuni. Agar hayot bo‘lganlarida,...

Mahalliy boshqaruvda yangi muvozanat

Mahalliy davlat hokimiyatida vakillik va ijro organlari vakolatlarining aniq...

E’tiborsizlik qimmatga tushmasin

Kuz-qish mavsumida xonadonlarda isitish moslamalari, elektr jihozlari va gaz...

Haqiqiy holat o‘rganishda ochiqlandi

Tarixiy obidalar — xalqning o‘tmishi, ajdodlar tafakkuri va bunyodkorlik...
KunTun
KunTun