Mahallalarda yoshlar bilan ishlashda yuqori natijalarga erishayotgan eng ilg‘or 100 nafar yoshlar yetakchisi orasidan Surxondaryoning 7 nafar vakili munosib o‘rin egalladi.
Ularning samarali faoliyati e’tirof etilib, viloyatda TOP-100 talikka kirgan yoshlar yetakchilari tantanali ravishda taqdirlandi.
Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodologik ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Qayumov hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sh.Fatxullayev ochib berdi.
Tadbirda yoshlar yetakchilarining mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va faol yoshlarni birlashtirish borasidagi natijalari e’tirof etildi.
E’tiborlisi, taqdirlash marosimida yetakchilarning ota-onalariga ham minnatdorlik bildirildi. Farzandlarining yutuqlariga qo‘shayotgan hissasi va tarbiyasidagi xizmatlari uchun ularga tashakkurnomalar topshirildi.

