Termizni ko‘kalamzorlashtirishda yangi hamkorlik

Date:

Termiz shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish bo‘yicha amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shahar hokimi Sharofiddin Lolayev Xitoyning “Anhui Fengyuan Equipment Technology Co. Ltd” kompaniyasi rahbari Xuan Peng Cheng boshchiligidagi investorlar bilan uchrashib, sohani davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganish, shahardagi sug‘orish tizimlari va suv manbalarini, yangi yashil hududlar barpo etish mumkin bo‘lgan maydonlarni hamda zamonaviy maxsus texnikaga ehtiyojni aniqlashga kelishib oldi.

Joylardagi o‘rganishlar yakunlari asosida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari belgilanib, yakuniy bitim imzolashga tayyorgarlik ko‘riladi.

Yangi hamkorlik Termizda yashil hududlarni ko‘paytirish, obodonlashtirish ishlarini zamonaviylashtirish va shahar muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun