Finalchilar kutib olindi

Date:

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri — “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi voleybol bo‘yicha Respublika final bosqichi ishtirokchilarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan kuchli jamoalar va viloyat delegatsiyalari Termiz temir yo‘l vokzalida mas’ullar hamda jamoatchilik vakillari tomonidan iliq kutib olindi. Ishtirokchilar maxsus avtobuslarda belgilangan yotoqxonalarga joylashtirildi.

Musobaqaning final bosqichida 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida 280 nafar qiz sportchi voleybol bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etadi.

Endi esa Termiz kortlarida kuchli jamoalar o‘rtasidagi murosasiz va qizg‘in bahslar boshlanadi. G‘oliblar nafaqat sovrin, balki o‘z hududining sharafini himoya qilish uchun maydonga chiqadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun