Surxondaryo yoshlari – kubok sohibi!

Date:

Jizzax viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Bosh prokuror kubogi” uchun kurash musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, iqtidorli sportchilarni mahallalarning o‘zidan kashf etish va ommaviy sportni rivojlantirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Respublikaning 14 hududidan 126 nafar polvon ishtirok etgan final bahslarida jamoaviy hisobda Surxondaryo viloyati 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Jizzax, uchinchi o‘rin esa Samarqand viloyati jamoalariga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi vazn toifalarida g‘olib bo‘lgan 36 nafar yoshning mahallasida universal sport, stritbol va vorkaut maydonchalari barpo etilishi belgilandi. Bu esa mahallalarda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yoshlarni muntazam jismoniy faollikka jalb etishda muhim qadam bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun