Qaldirg‘och

Date:

Bir kuni qo‘shnim bilan suhbatlashib o‘tirgan edik. Shu payt nevaram Azizbek do‘ppisiga qaldirg‘ochning mitti bolalarini solib, yonimizga yugurib keldi. Uning ukasi esa izidan qaldirg‘ochning buzilib ketgan uyasini ko‘tarib kelardi.

Ma’lum bo‘lishicha, qaldirg‘och uyasi shamol yoki boshqa sabab tufayli qulab tushgan ekan. Azizbek menga:

— Bobo, bularga yangi uya yasaylik, faner bering, — dedi.

Men faner izlagunimcha, Azizbekning o‘zi loydan kichik uyacha yasab qo‘yibdi. So‘ng faner topib, loydan yasalgan uyachani unga mahkamladik va qaldirg‘och bolalarini ehtiyotkorlik bilan ichiga joylashtirdik.

Oradan kunlar o‘tdi. Ona qaldirg‘och yangi uyani topib, bolalaridan xabar olib turdi, ularni parvarish qildi. Bugun esa o‘sha mitti qushchalar voyaga yetib, qanot chiqarib, mustaqil parvozga tayyor bo‘lib turibdi.

Bu voqea bizga bolalarga mehr va to‘g‘ri tarbiya berish naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Tabiatga, jonivorlarga mehr-muhabbat bilan qaraydigan farzandlar kelajakda ham insonparvar va mas’uliyatli bo‘lib ulg‘ayadi.

Shu o‘rinda nevaram Azizbekga ana shunday go‘zal fazilatlarni singdirishda o‘z hissasini qo‘shayotgan maktab jamoasiga, sinf rahbari F. Ibragimovaga samimiy minnatdorchiligimizni bildiraman.

Azizbekning qushlarga ko‘rsatgan mehri va g‘amxo‘rligi barchamiz uchun ibrat bo‘ldi.

Z. Mirzayev,
Jarqo‘rg‘on tumani 48-maktab o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyot xodimlariga yangi ustamalar belgilanadi

2027-yil 1-yanvardan bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga mehnatga...

“Boysun do‘ppisi” — endi geografik ko‘rsatkich

“Boysun do‘ppisi” — Boysun tumanida qadimdan tikib kelinadigan, piltado‘zi...

TerDUda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi

Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida Raqamli arxeologiya va GAT...

Tibbiyot ta’limida “5+1” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi. 2027–2028 o‘quv...
KunTun
KunTun