Moslashuv koʻngildagidek kechmoqda

Date:

Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarni ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli qayta moslashtirish borasida profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda probatsiya nazoratidagi shaxslar ishtirokida navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. Unda ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, bandligini ta’minlash, mavjud muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida qonunchilikdagi yangiliklar, huquq va majburiyatlar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarning murojaat hamda takliflari tinglandi. Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish, ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlash va hududlarda barqaror kriminogen vaziyatni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sog‘lom ayol — kuchli jamiyat”

Xotin-qizlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini...

Eski turdagi elektr hisoblagichlari bepul almashtiriladi

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jismoniy shaxslar uchun ASKUE tizimiga...

Muzokaralar manfaatli kechdi

Surxondaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy ishlab...

Moslashuv koʻngildagidek kechmoqda

Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarni...
KunTun
KunTun