Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning qator kompaniyalari va ta’lim muassasalari vakillari bilan istiqbolli investitsiya loyihalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda Xitoy tajribasi asosida zamonaviy politexnikum tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash hamda qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalari uchun maxsus texnikalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur loyihalar hududda malakali kadrlar tayyorlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va sanoat salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Tomonlar loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga kelishib oldi.

