44 nafar yoshga tikuv mashinalari berildi

Date:

Qo‘lda hunaringiz bo‘lsa-yu, undan foydalana olmasangiz… imkoningiz, sharoitingiz bo‘lmasa, bundan yomoni yo‘q. “Yoshlar daftari”ga bandligini ta’minlashni so‘rab murojaat etadigan yoshlarning aksariyatida ayni shu muammo. Tikuvchilikdan, usta-hunarmandchilikdan xabari bor-u, ammo ishini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyati, zarur asbob-uskunasi, texnikasi yo‘q.

Murojaatlarni ko‘rib, o‘rganib chiqadigan mutasaddilar esa ayni shu muammolarni bartaraf etish uchun xizmatda. Shu maqsadda Termiz shahar 4-sektor rahbari Sunnatilla Muxamadiyev rahbarligida hamda mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyalari bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.

Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat kutubxonasida 44 nafar yoshga tikuv mashinalari topshirildi. Yoshlarning bandligini ta’minlashni maqsad qilgan mana shunday ishlarning amaliy ifodasi hududlarda davom etayotir.
Zarur asbob-uskunaga ega bo‘lgan yoshlarning ko‘zida ishonch va xursandchilik ifodasini sezish qiyin emas. Ular endi mehnatlari ortidan daromad ko‘rib, oilasiga, jamiyatga naf keltirishni boshlashadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...

Xalqaro  markaz  zamonaviy kasb o‘rgatadi

Mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislarga bo‘lgan...
KunTun
KunTun