Xushyorlik — davr talabi

Date:

Sherobod tumanida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash hamda yo‘llarda xavfsiz muhit yaratish borasida olib borilayotgan ishlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hududda transport vositalari soni ortib borayotgani sababli yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va xavfsizlik choralarini kuchaytirish dolzarb vazifaga aylangan.

Shu yo‘nalishda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DAN) xodimlari o‘z xizmat vazifasini mas’uliyat bilan bajarib, yo‘llarda tartibni saqlash, qoidabuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda. Ularning fidokorona mehnati natijasida maktablar atrofida yo‘l belgilari yangilanmoqda, svetoforlar o‘rnatilmoqda va harakat xavfsizligi kuchaytirilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, yo‘l madaniyati va intizom faqat nazorat bilan emas, balki aholining ongli yondashuvi bilan ham mustahkamlanadi. Shu bois profilaktik tushuntirish ishlari ham tizimli ravishda olib borilmoqda.

Mazkur ishlar jamiyatda xavfsiz harakatlanish madaniyatini shakllantirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolarning hayotini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi.

Eshmurod Jumayev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun