Tarix va etnologiya istiqbollari muhokama qilindi

Date:

Termiz davlat universitetida “O‘zbekistonda tarix va etnologiya ilmlarining rivojlanish tamoyillari va dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman yuqori saviyada davom etmoqda.

Professor Saypulla Tursunov tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.

Anjuman ochilishida TerDU rektori A. Toshqulov globallashuv davrida tarix va etnologiya fanlari oldida turgan dolzarb vazifalar, milliy merosni asrab-avaylash va ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur ilmiy maydon tarixiy xotirani chuqur o‘rganish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun